#53

logo_f89cf94b
logo_en_jpg1

O‘zbekistonda demokratiya

"Yuksalish" harakati va Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti oylik byulleteni

Axborotnoma № 53                                                                                     2025-yil 5-may

Materiallar mazmuni uchun javobgarlik to‘liq mualliflar zimmasidadir

Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti
bo‘lib o‘tdi

AP25094278091685

2025-yil 4–5-aprel kunlari Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tarixdagi ilk sammit bo‘lib o‘tdi.

Sammit doirasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xavfsizlik sohasida chegara hududlardagi tahdidlarga qarshi kurashish, energetika va ekologiya sohalarida hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar tashabbuslar va turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Samarqand Xalqaro Iqlim Forumi ham o‘tkazildi. Unda ekologik barqarorlik, “yashil” iqtisodiy rivojlanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Sammit yakunida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishni nazarda tutuvchi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatlar yetakchilari xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq tinchlik, xavfsizlik va demokratiya yo‘lida hamkorlik qilishga sodiqliklarini bildirdilar.


O‘zbekiston TIV Donald Trampni O‘zbekistonga taklif qildi

KMO_162543_09315_1_t218_114520

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov AQShga rasmiy tashrifi doirasida prezident Donald Trampga O‘zbekistonga tashrif buyurish taklifini yetkazdilar.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenrikning ta’kidlashicha, AQSh ma’muriyati ushbu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan va uni ko‘rib chiqmoqda. Elchi, shuningdek, AQSh prezidentining Markaziy Osiyoga tashrifi ayni paytda dolzarb va muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Elchi O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan strategik sherikligiga ham alohida e’tibor qaratib, AQSh O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar va Yevropa Ittifoqi bilan yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashini, bu esa ikki tomon manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi.


Sergey Lavrovning Samarqandga tashrifi jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi

f3f4f1a6-fa83-4593-0ed1-08dd8209f50d_cx0_cy56_cw0_w1080_h608_s

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Samarqandga tashrifi faol tashqi siyosiy muloqotlarga boy bo‘ldi va rasmiy tadbirlar bilan bir qatorda keng jamoatchilik e’tiboriga ham sabab bo‘ldi.

Qator uchrashuvlar, jumladan, norasmiy suhbatlar davomida, ikki tomonlama munosabatlar va mamlakat ichida dolzarb bo‘lgan muammolar, xususan til masalasi muhokama qilindi. Mazkur bayonotlar jamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ba’zi kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, tashrif doirasida yangragan ayrim urg‘ular O‘zbekistonning tashqi siyosiy tashabbuslari faollashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiya, “C5+1” formatidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan aloqalarni kengaytirish O‘zbekistonning ko‘p yo‘nalishli pragmatik siyosatining bir qismidir.


O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

6f4147ff39a63eee1ebd8c43e4342390

2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga muvofiq, yangi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishga oid ishlar boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ilovasiga muvofiq, “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi hozirda takomillashtirish va muhokama bosqichida.
Qonun loyihasida deklaratsiyaga tortiluvchi subyektlar va obyektlar, taqdim etiladigan ma’lumotlar tarkibi, deklaratsiyani topshirish shakli va tartibi, shuningdek, uni tekshirish tartibi belgilab berilgan.


2024-yilgi Ochiqlik indeksi
e’lon qilindi

644fa37c-4bc9-482f-baf3-4a51866d6dc5

Bloglardagi dolzarb mavzular


O‘zbekistonda har oy “Oila bilan sayohat kuni” nishonlanadi

5WLZyl16668709331068_l

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda har oyning uchinchi shanba va yakshanba kunlari "Oila va mehnat jamoasi bilan sayohat kuni" sifatida nishonlanadi.

Mazkur tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlarning sayohatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni tarixiy shaharlar – Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga tashrif buyurishga rag‘batlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, yoshlar uchun rag‘batlantiruvchi tizim joriy etiladi – turli tanlovlar g‘oliblariga mamlakat bo‘ylab sayohatlar uchun yo‘llanmalar beriladi. Ichki turizmni rivojlantirish uchun har yili 20 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda 

ff97641a-53d9-42e8-a31e-38bcb4a8c818

Andijon viloyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan chegara hududlarida savdo va sanoat zonalarini tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Xo‘jaoboddagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punkti atrofidagi holat muhokama qilindi. Prezident aholi va tashuvchilar tomonidan tirbandliklardan noroziliklar borligini qayd etdi va mas’ul idoralarga bu muammoning sabablarini zudlik bilan o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘l loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.


Deportatsiya, atom energetikasi, investitsiyalar hamda noyob minerallar masalalarini muhokama qilindi

AWH6AB17442551340749_l

2025-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashington shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, strategik sheriklik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, deportatsiya jarayonlari, atom energetikasi sohasida hamkorlik, investitsion imkoniyatlar va noyob yer elementlari bo‘yicha ham fikr almashdilar.


Toni Bler instituti O‘zbekistondagi islohotlarga maslahat yordami ko‘rsatmoqda

FpCkFc17442756945616_l

2025-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Toni Bler O‘zbekistonda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi va strategik o‘zgarishlarni ilgari surishda ekspertlik ko‘magini davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

2016-yilda tashkil etilgan mazkur institut barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va global muammolarning yechimiga qaratilgan yo‘nalishlarda mamlakatlarga maslahat yordamini ko‘rsatib kelmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va samaradorligini baholovchi har yillik “Ochiqlik indeksi – 2024” e’lon qilindi. Reytingda vazirliklar, agentliklar, banklar, kompaniyalar hamda viloyat hokimliklarini qamrab olgan jami 100 ta tuzilma faoliyati o‘rganildi.

“Yashil” toifaga 51 ta tashkilot kiritildi. Eng ochiq deb quyidagilar e’tirof etildi: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 91,8 ball, Davlat soliq qo‘mitasi — 90,1, “Uzavtosanoat” AJ — 89,3, “Navoiy KMK” — 88,9, “Uzbekistan Airways” — 88,1 ball.

“Zangori” (sariq) toifaga 35 ta tashkilot kiritilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Kadastr agentligi — 70,7, Buxoro viloyati hokimligi — 70,4, “Uztelecom” — 69,9, Turizm vazirligi — 58,2 va Investitsiyalar vazirligi — 57,8 ball.

“Qizil” toifaga 14 ta tashkilot kiritilgan bo‘lib, bu ularning ochiqlik darajasi pastligini ko‘rsatadi. Ulardan ayrimlari: Farg‘ona viloyati hokimligi — 54,9, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — 53,6, Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 46,4, Transport vazirligi — 45,7, Andijon viloyati hokimligi — 45,5 ball.


O‘zbekiston Prezidenti davlat sektori qisqarishi va bozor tamoyillarining kuchaytirilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi

540344ea83f130af2541f977b74bdf2c0410

Yangi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda bozorlar nizomlarida hokimliklarning majburiy ishtiroki bekor qilindi. Shuningdek, 2030-yilgacha yangi davlat korxonalarini tashkil etishga moratoriy joriy qilinmoqda.

Bundan tashqari, “UzAuto Motors”, “UMS” va issiqlik elektr stansiyalari kabi 29 ta yirik davlat korxonalarini xalqaro ochiq savdoga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu chora-tadbirlar raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni bozor mexanizmlari orqali jalb etishga qaratilgan.


Chet el fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda pullik asosda beriladi

5e7d6d76e0cbefc9ffd2d2faee94141d

2025-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomasi berish tartibini muvofiqlashtiruvchi yangi norma kuchga kiradi.

Qarorga muvofiq, 5 yil muddatga mo‘ljallangan yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda, taqdim etiladi. Asosiy arizachiga 200 ming AQSh dollari, har bir oila a’zosi uchun esa qo‘shimcha 100 ming AQSh dollari miqdorida to‘lov belgilangan.


Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish uchun 40 million dollar ajratadi

48878810_0:0:1280:853_1920x0_80_0_0_36e2f4e659282f4d129a681ab691f321

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki 40 million AQSh dollari miqdorida grant ajratilishi bo‘yicha bitim imzoladi.

Loyiha O‘zbekistonda ta’lim sifati va inklyuziv ta’lim muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan. Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Zamonaviy raqamli va laboratoriya jihozlariga ega 58 ta maktab qurilishi;
  • Mamlakat bo‘ylab 2431 ta yangi sinf xonasining ochilishi;
  • O‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish;
  • Har bir o‘quvchiga teng imkoniyat yaratadigan inklyuziv ta’lim modellari joriy etilishi.

Toshkentda Gretsiya Elchixonasi ochildi

LnQvEsnvbavsZKNF3DkOEAlz1uAFGO6P

Toshkentda Gretsiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Paraskevi Tsevelekining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomoni Toshkentda Gretsiya Elchixonasining ochilishini olqishlab, bu qadam ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy va ta’limiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni Gretsiya elchisiga muvaffaqiyatli va samarali faoliyat yuritish orqali ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida ulkan zafarlar tiladi.


Yangi tayinlovlar


Asadulla Qayumov O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasiga rais etib tayinlandi

5436436363663

Asadulla Qayumov O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasining yangi rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2019-yildan buyon birja rahbari lavozimida ishlagan Ziyoviddin Badridinov Prezident qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy energiya samaradorligi agentligi direktori lavozimiga tasdiqlandi.


O’zbekiston NNTlarining muvaffaqiyat tarixi


Yevropa parlamentida O‘zbekiston fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining ilk muloqoti bo‘lib o‘tdi

8ed5e3b478c5da4380baef87c8e07d89

O‘zbekiston delegatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda, Brusselda bir qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Delegatsiya a’zolari, O‘zbekistonning yetakchi fuqarolik jamiyati institutlarini namoyish etgan holda, Yevropa parlamenti deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Yevropa parlamentida ilk bor bo‘lib o‘tgan ushbu tarixiy muloqot O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati sohasida olib borilayotgan islohotlarni muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi. Unda fuqarolik jamiyati institutlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq choralar taqdim etildi hamda Yevropa mintaqasi bilan faol hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.


“Yuksalish” harakati davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining shakllanishini monitoringdan o‘tkazdi

DWTH-market-monitoring2

2025-yil mart oyida “Yuksalish” harakati davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi va uning yakunlariga ko‘ra tavsiyalar ishlab chiqdi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, bir qator muammolar aniqlangan. Jumladan, kengash raislarini tayinlash tartibining qonunchilik talablariga zid ravishda amalga oshirilayotgani, kengashlardagi NNT vakillari ulushining pastligi, tarkib soni bo‘yicha belgilangan me’yorlarga rioya qilinmayotgani, fuqarolik jamiyati institutlariga aloqador bo‘lmagan shaxslarning kiritilgani, shuningdek, rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni e’lon qilish va yangilashda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.


NASHR USTIDA ISHLADI:
"Yuksalish" harakati jamoasi

© Copyright 2025 • info@yumh.uz • Toshkent, O'zbekiston Respublikasi

You received this email as you are on the mailing list of the "Yuksalish" Movement (Uzbekistan). 

If you are not willing to receive the newsletter, please Unsubscribe

Отправлено через

SendPulse