IMEI bor qurilmalarni yetkazib berishda - muhim o'zgarishlar

Архів розсилок

 IMEI bor qurilmalarni yetkazib berishda - muhim o'zgarishlar 

Hurmatli mijozlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori qabul qilinganligini ma’lum qilamiz, unga ko‘ra IMEI kodli barcha qurilmalar (jumladan, mobil telefonlar, planshetlar, smart-soatlar, modemlar, GPS mobil aloqadan foydalanadigan trekerlar va boshqa gadjetlar) majburiy ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.

IMEI kodingizni taqdim etishning ikki yo'li mavjud:

  1. Sotuvchidan IMEI kodni sorang va uni Xitoy trek raqami bilan birga support.uz@info.meest.cn pochta  manziliga yuboring.

  2. Agar sotuvchi IMEI kodini taqdim qilmagan bo‘lsa, mahsulotni ro‘yxatdan o‘tkazishda “Mahsulot tekshiruvi” variantini tanlang, so‘ngra “Batafsil tekshirish + Fotootchet” xizmatlariga buyurtma bering (xizmat uchun tolobv bor , lot uchun 1,5 $). Xabaringizda IMEI-ni suratga olish  kerakligi haqida malummot kiriting  . Ombor tarifidan sizga  fotosurat yuborilgandan song , IMEI-ni  va Xitoydagi trek raqamingiz  bilan birga support.uz@info.meest.cn  pochta manziliga malummotlarni  yuboring.

Agar sizning posilkangiz allaqachon omborda bo'lsa va siz IMEI kodini taqdim qilmagan bo'lsangiz, qo'shimcha fotootchet xizmatini  buyurtma berishingizni so'raymiz.

Muhim! Xitoydagi ombordan maxsulot chiqib ketganidan  so'ng, IMEI kodini aniqlashtirish va bojxonaga taqdim etish  mumkin emas, u ro'yxatdan o'tmasdan bojxondan  o'tadi!

Eslatib o‘tamiz, ushbu tartib 4 noyabrdan boshlab Xitoydagi ombordan jo‘natilgan posilkalar uchun majburiydir. Qurilmani O‘zbekiston hududida bloklab qo‘ymasligi uchun posilka O‘zbekistonga jo‘natilishidan oldin bizga  imei ma’lumotlarini yuboring. Mazkur chora-tadbirlar bojxona rasmiylashtiruvidan muvaffaqiyatli o‘tish va qurilmadan O‘zbekistonda  foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Aks holda, siz qurilmadan foydalana olmaysiz va u bloklanadi.

Tushunganingiz va hamkorlik qilganingiz uchun tashakkur!

Hurmat bilan,

Meest China jamoasi

Доставка посылок из Китая 

+998 71 203 03 02

пн - птн с 9:00-18:00 | cб - вс - выходной

 uz.meest.cn support@info.meest.cn

Отказаться от рассылки

Відправлено через

SendPulse